husniddin's notes

Yoshlik, kitoblar va o'qish haqida

Yosh paytlarimda ham odamovi edim. Negadir tasavvurimda “insonlar boshqa aqlli insonlar bilangina doʻst boʻlishadi” degan tasavvur bor edi. Bilmadim bu qayerdan kelgan, lekin aynan shu sababdan aqlli boʻlish meni asosiy istagimga aylangandi(keyinroq fikrlarim oʻzgargan. Bu bogʻchadan endi maktabga oʻtgan bolacha fikri)

Juda koʻp “Dunyo boʻylab” koʻrardim. Fantastik kinolar tomosha qilardim. TV’dagi koʻrsatuvda aytilgan narsalarni fantastik kinolarda qanday qoʻllanganini koʻrib hayron qolardim. Huddi-ki, tasavvurimda dunyoni qayeridadir shu fantastik kinolardagi narsalar mavjud deb oʻylardim. Ular haqida koʻproq bilishni istardim.

Kitob oʻqigan odam aqlli odam degan gap ancha yosh paytlarimdan buyon bor. Eng birinchi 10 ta kitob majburlik, zarurar sababdan oʻqiladi. Uyogʻiga qiziqish boshlanadi. Shunchaki oʻqish miya uchun juda zoʻr dofamin manbasiga aylanadi. Maktab paytlari koʻp kitob oʻqiganman. Juda koʻp kirardim kutubxonaga. Bir vaqtda bir nechta kitob olardim va rostdan (https://youtu.be/exX4mw3FKdQ?si=lk_gaWhJPtp10Q39) oʻqirdim ham. Va ularni roʻyhat qilib borardim. 100 ga yaqinlashganda roʻyhatni yuritish maʼnosiz ish boʻlib tuyulgan. Tashlab qoʻyganman. Lekin bu sanoqqacha qoʻlimga tushgan kitobni oʻqirdim. Hajmidan qatʼiy nazar, maʼnosiga , yoʻnalishiga qaramasdan oʻqib tashlayverardim.

Keyinroq kitob boʻyicha “did” shakllandi. Undan keyinroq esa kitob oʻqish bu odatiy hayotiy mashgʻulot ekani va bu unchalik ham maqtanishga arzimaydi degan qarorga keldim.

Oʻsha roʻyhat haliyam bor. Roʻyhatdagi baʼzi kitoblarni koʻrib “iya men shuniyam oʻqiganmanmi” deb hayratlanaman hatto. Chunki u kitobni eslolmayman, faqat umumiy syujet va bir nechta qahramon ismlari keladi xotiraga. Keyinroq esa aslida eslab qolish unchalik ham kerak emasligini tushundim. Kitobni oʻqishda foyda, shu zahoti keladi. Syujetni miyada jonlantirish orqali koʻproq neyronlarni bir biriga bogʻlaysiz, turli mavzularni oʻzaro taqqoslash qobilyatini yaxshilaysiz. Shuni oʻzigina nihoyatda foydali

Ushbu videoni koʻrdim, tavsiya qilaman: https://youtu.be/vdPfZIGyUjo?si=nq8sXsLGRc3jDrkX

Xato deyishga ham arzimaydi (Not even wrong)