husniddin's notes

Xato deyishga ham arzimaydi (Not even wrong)

Ba’zi gʻalati gaplar borki, ularni toʻgʻri emasligiga ishonamiz lekin xato ekanini isbotlash ham mumkimas. Ular tasdiqlab ham, inkor qilib ham bo‘lmaydigan gaplardir.

Ularni ilmiy va mantiqiy isbotlash mumkin bo‘lgaydi. Shunchaki “not even wrong” — ya’ni “xato bo‘lishga ham loyiq emas” deyiladi.

Masalan: “Men nafas olganimda Avstraliyada yomg‘ir yog‘adi. Bu hosil uchun foydali. Demak, men mukofotlanishim kerak”.

Bu yerda qandaydir aloqa bor balki. Masalan, kapalak effekti’ga koʻra: dunyoning bir burchagidagi kichik o‘zgarish boshqa joyda katta oqibatga olib kelishi mumkin.

Ammo bu gapni ilmiy tekshirish imkonsiz. Chunki:

Shu sabab bu fikrni inkor qilish ham, qabul qilish ham be’foyda.

“Matsritsada yashayapmiz. Hamma narsa illyuziya” kabi gaplar ham shunga misol. Yoki “Dunyo iqtisodiyotini bir vaqtda oʻzgartira olaman” deyish masalan.

Chunki bu kabi fikrlar mantiqiy asosga ega emas. Rad etilsa, “seni aldashgan” deya javob beriladi. Isbot talab qilinsa, “bu sirku, aniqlash mumkinmas” deyishadi.

Doim o‘zini rad etib bo‘lmaydigan shaklda ilgari suriladi bu fikrlar.

Fikrni tekshirish

  1. Fikrni falsifikatsiya qilish mumkinmi? Ya’ni uni tajriba orqali rad etish mumkinmi? Ha bo‘lsa, bu ilmiy da’vo. Yo‘q bo‘lsa, shunchaki yengil gap.

  2. Isbot mas’uliyati kimda? Da’vo qilgan odamda. Agar “sen isbotla aksini” desa, bu noto‘g‘ri burilish. (Dunyoni massonlar boshqaradi deyishsa, siz unga bunday emas deysiz va keyin u sizga “massonlar boshqarmasligini isbotla” deydi).

  3. Dalil bormi? “Hayolimda shunday oʻylayapman” — dalil emas. “Shunaqa deyishgan” — ham dalil emas. Dalil boʻla olmaydi bular.

Yoshlik, kitoblar va o'qish haqida